24.12.2010
So'ngi so'z
32, Tashkent, Uzbekistan

 Men sizni bezovta qilmasman ortiq,

Bildim, bo’g’zingizga keldi malolim.

Ammo men netayki ishqsiz dunyoda,

Mudom bo’yningizga tushmish zavolim.



Yodingizga yodim maloli kelmish,

Ko’zingiz zerikkan, mendan, bilaman.

Go’zal tuyg’ularim xo’rlangan joyda, 

Men nima qilaman?



Yig’lab chorlamasman ilojin topsam,

Endi ko’zingizda otmas tonglarim.

Nurdan tuproqqacha sirli dunyoda,

Men Sizni angladim.



Nur izlab kelgandim dunyoingizga,

Zulmatlar darchasin yopolmadim hech.

Ayrilq ranglari to’lgan dunyoda,

Men yashil rangimni topolmadim hech.



Xayr, men- o’ziga begona odam,

Sizga ham qadrdon bo’lmog’im qiyin.

Mabodo sog’inib qolsangiz agar,

Qo’ng’iroq qilarman...

Ming yildan keyin

30 näyttökertaa
 
Kommentit

Ei ole kommentteja vielä.
Jätä kommenttisi, aloita keskustelu!

Blogi
Blogit päivitetään joka 5 minuutti